Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Umarova Aslzoda Ilxom qizi

Grafik dizayner, kopirayter, kontent yaratuvchi, yosh ijodkor

Ilm-ma’rifat, adabiyot va ijodga qiziqadigan, grafik dizayn, kopirayting va kontent yaratish sohalarida 3 yillik tajribaga ega yosh ijodkor.

Umarova Aslzoda Ilxom qizi
Tugʻilgan sana
14.01.2009
Tugʻilgan joy
Toshkent viloyati Olmaliq shahri
Mutaxassisligi
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
Yoʻnalishi
Ingliz tili
Faoliyat sohasi
Grafik dizayn, kopirayting, kontent yaratish, adabiyot va ijod

Men haqimda

Men ilm-ma’rifat, adabiyot va ijodga qiziqadigan, doimo yangi bilim va tajribalarni egallashga intiladigan yosh ijodkorman. O‘z ustimda muntazam ishlash, dunyoqarashimni kengaytirish va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishni muhim deb bilaman. She’riyat va badiiy ijod bilan shug‘ullanish orqali o‘z fikrlarimni ifodalashga, kitob mutolaasi orqali esa tafakkurimni boyitishga harakat qilaman. Kompyuter grafikasi va dizayni, kopirayting hamda kontent yaratish sohalariga qiziqaman va ushbu yo‘nalishlarda amaliy tajribaga egaman. Shuningdek, she’r, hikoya, monolog va tadbir ssenariylari yozaman. Jamoatchilik faoliyati, volontyorlik va turli loyihalarda ishtirok etish, foydali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish mening asosiy maqsadlarimdan biridir. Serg‘ayratligim, liderlik qobiliyatim, bir nechta sohada bir vaqtning o‘zida faoliyat olib bora olishim va qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmasligimni o‘zimning kuchli jihatlarim deb bilaman.

3+

Yillik tajriba

Yutuqlari

  • «Millat umidi» ko‘krak nishoni sohibasi
  • «Yosh avlod tadqiqotchilari» jurnalida ilmiy maqola nashr etilgan
  • O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasiga kiritilgan
  • She’rlarim Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon nashriyotlarida nashr etilgan

Faoliyat yoʻli

  1. 2023Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tiliGrafik dizayn, kopirayting va kontent yaratish yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelaman. Turli loyihalar uchun vizual materiallar tayyorlash, matnlar yozish va kreativ kontent yaratish bilan shug‘ullanaman.
  2. 2021Yosh ijodkor va yozuvchiShe’r, hikoya, monolog va tadbir ssenariylari yozaman. Adabiyot va badiiy ijod orqali o‘z fikrlarimni ifodalashga qiziqaman. She’rlarim Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon kabi davlatlarda nashr etilgan.
  3. 2014Taekvondo sportchisi4 yoshimdan boshlab taekvondo bilan shug‘ullanib kelganman. Taekvondo ITF va WTF yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lganman. Jami 12 yil davomida sport bilan muntazam shug‘ullanganman.