Yoshlar ensiklopediyasi
5 marta koʻrilganReytingda 24-oʻrinTurg‘unova Gulchiroy Musabek qizi
Yosh filolog, ijodkor, volontyor
Turg‘unova Gulchiroy Musabek qizi — Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti Ona tili va adabiyot yo‘nalishi talabasi, yosh filolog, ijodkor va volontyor. Ilmiy izlanish, adabiyot va badiiy ijodga qiziqadi. “Qizlar ovozi” klubi volontyori hamda “Five Million AI Leaders” tashabbusi ishtirokchisi.

- Tugʻilgan sana
- 21.12.2007
- Mutaxassisligi
- Ona tili va adabiyot
- Yoʻnalishi
- Filologiya
- Faoliyat sohasi
- Filologiya, o‘zbek tili va adabiyoti, ilmiy izlanish, badiiy ijod va volontyorlik
Men haqimda
Men, Turg‘unova Gulchiroy Musabek qizi, o‘zbek tili va adabiyoti, ilmiy izlanish, adabiyot va badiiy ijodga qiziqaman. Ilmiy konferensiyalarda ishtirok etib, ilmiy izlanishlarimni rivojlantirishga intilaman. “Qizlar ovozi” klubi volontyori sifatida volontyorlik faoliyatida qatnashaman. Shuningdek, “Five Million AI Leaders” tashabbusi ishtirokchisiman. Ayni vaqtda yoshlar, xususan, qizlarning o‘zligini anglash va ruhiy kechinmalariga bag‘ishlangan kitobim ustida ishlayapman. Kelgusida ilmiy faoliyatimni rivojlantirish, yangi tadqiqotlar olib borish hamda o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganman.
Yutuqlari
- Respublika ilmiy konferensiyasida ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan.
- Respublika ilmiy konferensiyasidagi ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
- “Five Million AI Leaders” tashabbusi ishtirokchisi.
- “Qizlar ovozi” klubi volontyori.
Taʼlimi
Andijon davlat universiteti
Ona tili va adabiyot



