Yoshlar ensiklopediyasi
8 marta koʻrilganReytingda 21-oʻrinTo‘xtamishova Gulnora Mels qizi
Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi
Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi, magistrant va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati. Ilm olish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va professional rivojlanishga intilaman.

- Tugʻilgan sana
- 10.04.2000
- Tugʻilgan joy
- Buxoro viloyati, Romitan tumani
- Mutaxassisligi
- Sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi
- Yoʻnalishi
- Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar
- Faoliyat sohasi
- Sun’iy intellekt, ta’lim va professional rivojlanish
Men haqimda
Mening hayotimda ta’lim, izlanish va o‘z ustimda ishlash doimo muhim o‘rin egallab kelgan. Bakalavriat bosqichini Buxoro davlat universitetida tamomlab, ta’limimni magistratura bosqichida davom ettirmoqdaman. Bugungi kunda sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritaman. Ushbu yo‘nalish menga zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, zamonaviy jarayonlarga mos fikrlash va yangi bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Men uchun ta’lim faqat diplom olish bilan cheklanmaydi. Doimiy o‘qish, izlanish va yangi bilimlarni o‘zlashtirishni hayot tarzining bir qismi deb bilaman. Kelajakdagi asosiy maqsadim — o‘z sohamni chuqur biladigan, zamon talablarini tushunadigan, yangi texnologiyalarni egallagan va jamiyatga foyda keltira oladigan yetuk kadr bo‘lib yetishish.
Yutuqlari
- Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati.
- Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.



