Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Sherzodbek Abdumannobov Akmaljon o‘g‘li

Yoshlar va volontyorlik faoliyati koordinatori, SMM Manager, Frontend Web Developer

Ta’lim, volontyorlik, yoshlar bilan ishlash, SMM, media va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi, doimiy rivojlanishga intiluvchi yosh.

Sherzodbek Abdumannobov Akmaljon o‘g‘li
Tugʻilgan sana
21.05.2010
Tugʻilgan joy
Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani
Mutaxassisligi
Xorijiy filologiya
Yoʻnalishi
Xorijiy filologiya, yoshlar bilan ishlash, volontyorlik, SMM, media va Frontend Web Development
Faoliyat sohasi
Ta’lim, yoshlar bilan ishlash, volontyorlik, koordinatsiya, SMM, media, zamonaviy texnologiyalar va Frontend Web Development

Men haqimda

Men ta’lim, volontyorlik, yoshlar bilan ishlash, SMM, media va zamonaviy texnologiyalarga qiziqaman. Faoliyatimni maktab davridan boshlaganman va shu kungacha turli fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik tanlovlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib kelaman. Hozirda Namangan Davlat Texnika Universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyda Xorijiy filologiya yo‘nalishining 2-bosqichida davlat granti asosida tahsil olaman. Shu bilan birga, yoshlar va volontyorlik yo‘nalishlarida koordinator, tashkiliy ishlar mas’uli, SMM Manager, volontyor va judge (hakam) sifatida faoliyat yuritaman. Volontyorlik va koordinatsion faoliyat orqali jamoa bilan ishlash, liderlik, tashkilotchilik, mas’uliyat va kommunikatsiya ko‘nikmalarimni rivojlantirib kelmoqdaman. Shuningdek, SMM va media orqali turli tashabbus va tadbirlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanaman hamda Frontend Web Developer sifatida turli saytlar yaratganman. Bo‘sh vaqtlarimni volontyorlik, koordinatorlik, SMM, o‘z ustimda ishlash, kitob mutolaasi va xorijiy tillarni o‘rganishga bag‘ishlayman.

Yutuqlari

  • Hokim olimpiadasida 2 marotaba 1-o‘rin sohibi.
  • “Litsey iftixori” stipendiyasi sohibi.
  • Akademik litseyning **“Iftixorlar doskasi”**dan o‘rin olgan.
  • Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan insholar tanlovida 1-o‘rin.
  • Matematika fanidan onlayn testda 100% natija bilan 1-o‘rin.
  • IELTS sertifikati sohibi.
  • O‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat sohibi.
  • IT Park Computer Basic Knowledge sertifikatini olgan.
  • Scrimba platformasining “Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E & GPT-4” kursini tamomlagan.
  • Ingliz tili kursini 100 ball bilan tamomlagan.
  • Sun’iy intellektdan foydalanish kursini 100 ball bilan tamomlagan.
  • Elektron hukumat kursini 90 ball bilan tamomlagan.
  • Investment Banking Professional Certification sertifikatiga ega.
  • HP LIFE — Professional Networking for Career Growth kursini tamomlagan.
  • Beyond Behbudiy Campga qabul qilingan.
  • Beyond Behbudiy Camp doirasida MBSI maktabining 30% grantini qo‘lga kiritgan.
  • Jamshid Murodboev kurslari uchun 100% voucher yutgan.
  • “Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”ga qaratilgan 3-tashabbus doirasidagi konferensiyada diplom bilan taqdirlangan.
  • “Targ‘ibotchi-volontyor” loyihasidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
  • VisArt — AI Visual Competition tanlovini tashkil etish, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning AI va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
  • “Eko chempionat” ishtirokchisi.
  • “Eng chiroyli taqriz” va “Eng faol” nominatsiyalari g‘olibi.
  • “Kitobxon Millat”, “Kitob tavsiya tanlovi”, “Bahor nafasi” va boshqa kitobxonlik tanlovlarida faol ishtirok etgan.
  • Turkiyaning Mevsim Yayıncılık nashriyoti tomonidan ilmiy maqolasi rasmiy tasdiqlangan.
  • Hindistonning SND Polytechnic tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Chandrayaan 3 Successful Landing” quizida ishtirok etgan.
  • Hindistonning V.S.B. Engineering College tomonidan tashkil etilgan World Nature Conservation Day xalqaro onlayn quizida ishtirok etgan.
  • Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Front Ofisi tomonidan tashkil etilgan respublika o‘quv-seminarini tamomlagan.
  • Bugungi kungacha 100 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi sertifikat, diplom, faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik guvohnomalari bilan taqdirlangan.

Taʼlimi

Namangan Davlat Texnika Universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey

Xorijiy filologiya