Yoshlar ensiklopediyasi
7 marta koʻrilganReytingda 23-oʻrinMUХTOROVA SEVINCH ANVAR QIZI
Talaba, o‘qituvchi, yosh ijodkor
Muxtorova Sevinch Anvar qizi — Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 3-bosqich talabasi, Pastdarg‘om tumanidagi 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, yosh ijodkor va ilmiy maqolalar muallifi.

- Tugʻilgan sana
- 04.08.2006
- Tugʻilgan joy
- Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani
- Mutaxassisligi
- Talaba
- Yoʻnalishi
- Oliy ta’lim, pedagogika va ilmiy-ijodiy faoliyat
- Faoliyat sohasi
- Ta’lim, pedagogika, ilmiy faoliyat va adabiy ijod
Men haqimda
Men Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 3-bosqich talabasiman. Shu bilan birga, Pastdarg‘om tumanidagi 62-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritaman. Men ijodga, she’riyatga, kitobxonlikka va ilmiy faoliyatga qiziqaman. Yosh ijodkor sifatida she’rlar yozaman, ilmiy maqolalar tayyorlayman hamda respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar va jurnallarda ishtirok etib kelaman. Shuningdek, turli ta’lim, intellektual va yoshlar loyihalarida faol qatnashaman.
Yutuqlari
- “Kelajak platformasi” loyihasi 1-mavsumining “The Best Delegate” nominatsiyasi sohibasi.
- “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi va siyosati akademiyasida o‘tkazilgan “Yosh avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchisi.
- “Yetakchilar klubi” loyihasi ishtirokchisi.
- 20 ga yaqin she’r muallifi; she’rlari nashr etilgan.
- Respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar hamda jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar muallifi.
- O‘zbekiston va Argentina “Juntor por las Letros” Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.



