Yoshlar ensiklopediyasi
13 marta koʻrilganReytingda 14-oʻrinHatamqulov Abdulloh
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi, yoshlar yetakchiligi va volontyorlik faoliyati ishtirokchisi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil oluvchi, xalqaro matematika va STEM olimpiadalari oltin medal sovrindori. Matematika va STEM ta’limi, yoshlar yetakchiligi hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

- Tugʻilgan sana
- 24.07.2008
- Tugʻilgan joy
- Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani
- Mutaxassisligi
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Yoʻnalishi
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Faoliyat sohasi
- Iqtisodiyot, matematika va STEM ta’limi, yoshlar yetakchiligi, volontyorlik va eko-startap
Men haqimda
Men Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishida tahsil olaman. Ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy tashabbuslarni birlashtirishga qiziqaman. Faoliyatimni maktab yillarida tengdoshlarim va kichik sinf o‘quvchilariga bepul matematika mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali ilmiy volontyorlikdan boshlaganman. Keyinchalik “Targ‘ova” NTM o‘quv markazida repetitorlik qilganman, turli ijtimoiy va ta’limiy tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlarni raqamli ta’limga yo‘naltirishga qaratilgan volontyorlik faoliyatlarida qatnashganman. Hozirda matematika va STEM ta’limi, youth leadership, “Ustoz AI” platformasining Toshkent shahar koordinatorligi hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman. Shuningdek, eko-materiallar yo‘nalishidagi “Vegan Leather” startap loyihasida hammuassis sifatida faoliyat olib boraman. Bo‘sh vaqtimda “Zakovat” va mantiqiy musobaqalarda qatnashaman, sport bilan shug‘ullanaman hamda mediamahsulotlar va videokontentlar tayyorlayman. Yoshligimdan boks, karate va kurash bilan shug‘ullanganman.
5+
Yillik tajriba



