Asosiy kontentga oʻtish
Ariza topshirish

Azizova Gulmira Alisher qizi

Talaba

Qarshi davlat universiteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 1-kurs talabasi. Ingliz tiliga, kitob o‘qishga va yangi ko‘nikmalarni egallashga qiziqaman. Hozirda ingliz tilidan IELTS 8.0 natijasiga erishish maqsadida qo‘shimcha darslar va mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanmoqdaman.

Azizova Gulmira Alisher qizi
Tugʻilgan sana
26.04.2009
Tugʻilgan joy
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani
Mutaxassisligi
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabasi
Yoʻnalishi
Ingliz tili
Faoliyat sohasi
Ta’lim, ingliz tili va shaxsiy rivojlanish

Men haqimda

Men 6 yoshimda maktabga chiqqanman. Yoshligimdan kitob o‘qishga va bilim olishga qiziqqanman. 4–5 yoshlarimda, hali maktab va bog‘chaga bormasdan turib, harflarni mustaqil ravishda o‘rganib, kitoblardan kichik she’rlarni yod olganman. Hozirda Qarshi davlat universitetining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida 1-kurs talabasi sifatida tahsil olyapman. Ingliz tilini rivojlantirish, yangi ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘z ustimda ishlashga katta e’tibor beraman. Bo‘sh vaqtlarimni foydali bilim va ko‘nikmalarni egallashga sarflashga harakat qilaman. Hozirgi asosiy maqsadlarimdan biri — ingliz tilidan IELTS 8.0 natijasiga erishish. Bu maqsadim yo‘lida qo‘shimcha darslar va mustaqil ta’lim bilan muntazam shug‘ullanmoqdaman. Men harakatim, ishonchim va matonatim orqali o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarimga birin-ketin erishishimga ishonaman.

Yutuqlari

  • Ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikat sohibi.
  • Matematika fanidan milliy sertifikat sohibi.
  • Tarix fanidan milliy sertifikat sohibi.
  • Ona tili fanidan milliy sertifikat sohibi.
  • 188,1 ball natija bilan Qarshi davlat universitetining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilingan.
  • 2026-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.