Asosiy kontentga oʻtish

Yoshlar ensiklopediyasi

Abduxakimov Alisherjon Abrorjonovich

- O‘z ustida ishlashni, yangi narsalarni o‘rganish va atrofimdagi muammolarga boshqacha yechim izlashni yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, biror muammoni ko‘rib, “buni qanday qilib yaxshiroq qilish mumkin?” degan savol ustida fikrlash menga qiziq.

Abduxakimov Alisherjon Abrorjonovich
Tugʻilgan sana
24.07.2009
Tugʻilgan joy
Navoiy Viloyati

Men haqimda

Hozirda 18 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oladi. Maktab va mahallada sardor sifatida jamoatchilik faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga, yangi g‘oyalar va ijtimoiy loyihalar ustida ishlashga qiziqadi. Hozirda 18- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiydi. Kelajakda Diplomatiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olishni maqsad qilgan. 2024-yildan buyon maktab va mahalla jamoatchilik faoliyatida sardor sifatida qatnashib keladi. Undan avval ham maktabdagi tashkiliy ishlarda administrator sifatida faol bo‘lgan. Bo‘sh vaqtimda yangi ko‘nikmalar o‘rganish, fikrlash va yangi g‘oyalar ustida ishlashga harakat qiladi. Hayotdagi asosiy prinsiplari — insoniylik, mas’uliyat, harakat va doimiy rivojlanish. Kelajakda o‘z loyihalarini nafaqat g‘oya sifatida ishlab chiqish, balki ularni amaliyotga tatbiq etish va jamiyatga real foyda keltirishni maqsad qilgan.

Yutuqlari

  • Ingliz tili va ona tili fanlaridan sertifikatlar; Erkin kurash bo‘yicha medal va faxriy yorliqlar; Vatanparvarlik yo‘nalishidagi musobaqalarda jamoaviy g‘olibliklar; Viloyat miqyosida 60 metrga yugurishda 7 soniyalik natija; Maktab va mahalla jamoatchilik faoliyatidagi sardorlik tajribasi; “Eco Bin” va “SmartGrow” loyihalarini ishlab chiqish.

Loyihalari

  • Eco Bin — maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashni rag‘batlantirishga qaratilgan ekologik loyiha. Loyiha yaratish g‘oyasi atrof-muhitdagi chiqindilar muammosi va ularni to‘g‘ri saralash madaniyatiga bo‘lgan qiziqishimdan kelib chiqqan. Asosiy maqsadlarim — atrof-muhitni toza saqlash, qayta ishlanadigan chiqindilarni ko‘paytirish va aholiga qulay rag‘batlantirish tizimini yaratish. SmartGrow — avtomatlashtirilgan sug‘orish va suv resurslarini tejashga qaratilgan loyiha. Unda avtomatik sug‘orish, real vaqt rejimi va Wi-Fi orqali boshqarish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan. Loyihalarga bo‘lgan qiziqishim kundalik hayotdagi muammolarni kuzatish va ularga amaliy yechim topishga bo‘lgan qiziqishim orqali shakllangan. Kelajakda ham texnologiya, ekologiya va jamiyatga foydali bo‘ladigan yangi loyihalar yaratishni davom ettirmoqchiman.